date

PSJ tarixdagi eng qimmat transfer uchun Lamine Yamalga ko‘z tikdi

PSJ tarixdagi eng qimmat transfer uchun Lamine Yamalga ko‘z tikdi

Yevropa futbolida yana katta sensatsiyaga sabab bo‘ladigan bitim muhokama qilinmoqda. Fransiyaning yetakchi klubi — “PSJ” “Barselona”ning 18 yoshli iste’dodli vingeri Lamine Yamalni sotib olish imkoniyatini o‘rganmoqda, deb yozdi Goal.com.

Ma’lumotlarga ko‘ra, parijliklar yosh ispaniyalik futbolchi uchun tarixdagi eng katta transferni amalga oshirishga tayyor. “Barselona” bilan 2031 yilgacha tuzilgan shartnomaga ko‘ra, Yamalning tovon puli 1 milliard yevro qilib belgilangan.

Shu bilan birga, “PSJ” 2017 yilda Neymar uchun to‘langan 222 million yevrolik jahon rekordini yangilaydigan taklif tayyorlamoqda. Manbalar ma’lum qilishicha, ehtimoliy bitim 230 million yevrodan yuqori bo‘lishi mumkin.

Parij klubi bu bo‘yicha dastlabki muzokaralarni boshlab yuborgan, biroq hozircha “Barselona” rasmiy taklif olmaganini ma’lum qilgan. Shunga qaramasdan, transfer oynasida Yamalning nomi Yevropadagi eng qiziqarli mavzulardan biriga aylangan.

Lamine Yamal bu mavsumda “Barselona” safida yorqin o‘yin namoyish etmoqda — u 5 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 gol urdi va 3 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Mutaxassislar uni kelajakda dunyo futboli yulduzlaridan biri sifatida ko‘rishmoqda.

“PSJ” uchun Yamal — yangi Neymar bo‘lishi mumkin. Fransuz klubi yosh vinger orqali yangi marketing qiymati va texnik kuch qo‘lga kiritishni rejalashtirmoqda. Shu bilan birga, Yamalning o‘zi ham yuqori darajadagi raqobat va yangi tajriba sари qiziqishi mumkinligi aytilmoqda.

Agar kelishuv amalga oshsa, bu futbol tarixidagi eng yirik va shov-shuvli transferlardan biri sifatida yodda qolishi aniq.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » PSJ tarixdagi eng qimmat transfer uchun Lamine Yamalga ko‘z tikdi