Turkiya Superligasining 9-turida “Istanbul Basaksehir” o‘z maydonida kuchli raqib — “Galatasaray”ni qabul qildi. Bellashuv anchagina kurashlarga boy o‘tdi va yakunda mehmonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov bu bahsda asosiy qahramonlardan biri bo‘ldi. U ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi, ammo ularning biri VAR tizimi orqali bekor qilindi.
Hujumchiga Sofascore platformasi 7,0 baho berdi — bu “Basaksehir” safidagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri bo‘ldi.
Bellashuvda “Galatasaray” safida Leroy Sane ajralib turdi: u dubl qayd etib, 8,7 bahoga sazovor bo‘ldi. Ilkay Gündogan va Gustavo Sara ham faol o‘yin namoyish etdi, ularning baholari mos ravishda 7,0 va 7,6 bo‘ldi.
Shomurodov esa maydondagi harakatlari, pozitsiya tanlashdagi to‘g‘ri qarorlari va raqib himoyasiga doimiy bosimi bilan mutaxassislardan yuqori baho oldi.
“Basaksehir” bu mag‘lubiyatdan so‘ng turnir jadvalida 15-o‘rinda qoldi, “Galatasaray” esa yetakchilikni saqlab qoldi.
Eldorning gollar seriyasi va jamoada ta’siri esa uning Turkiyadagi faoliyati yanada muvaffaqiyatli bo‘lishidan darak bermoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!