La Liganing 9-turidan o‘rin olgan “Xetafe” – “Real Madrid” uchrashuvi yakunlandi. Mehmonlar 1:0 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvning yagona goli 80-daqiqada Kilian Mbappe tomonidan urildi.
“Real Madrid” butun o‘yin davomida to‘p nazoratida ustunlik qildi – 75%. Jamoa raqib darvozasiga 20 marta zarba berdi, ulardan 9 tasi aniq chiqdi. “Xetafe” esa faqat 6 marta urinish qildi va biror marta darvozaga aniq tepa olmadi.
77 va 84-daqiqalarda “Xetafe” futbolchilari Allan Nom va Aleks Sankris maydondan chetlatildi.
Ushbu g‘alaba orqali “Real Madrid” 24 ochko bilan turnir jadvalida yetakchilikni saqlab turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar