14:26 / 29.12.2016
5 160

"Anji" yangi qo‘llarga o‘tdi

"Anji" yangi qo‘llarga o‘tdi

Rossiyalik tadbirkor Osman Kadiev Mahachqal’aning yangi egasiga aylandi, deb yozadi Kun.uz sayti.

"Klubning sobiq egasi tuzilmalari kelishuv imzolanishi vaqtida mavjud bo‘lgan barcha qarzlarni hal qilish hamda "Anji" oldidagi barcha majburiyatlarni bajarishni kafolatlashdi. Tomonlar klubning yangi egasiga og‘riqsiz o‘tishini ta’minlashga, bu jarayon klub ishiga ta’sir qilmasligiga kelishib oldilar.

Klubning yangi egasi Osman Kadiev klubni o‘z nazoratiga oldi hamda klub va uning avvalgi shaklida to‘liq ochila olmagan dog‘istonlik futbolchilar salohiyatini rivojlantirishga tayyorligini bildirdi. Kadiev klubni sotib olishda ko‘zlagan maqsadi – Dog‘iston futboli darajasini oshirishdir", deb aytildi klub rasmiy saytida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Anji" yangi qo‘llarga o‘tdi