"Liverpul" sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Manchester Yunayted" Pol Pogba va Krishtianu Ronalduni jamoaga qaytarishi kerak emas edi, deb hisoblaydi. U bu fikrini The Diary Of A CEO YouTube kanaliga bergan intervyusida aytdi.
Euro-football.ru yozishicha, Klopp futbolchi qaytganida natija ko'p hollarda oqlanmasligini ta'kidladi. Kloppning so'zlariga ko'ra, agar u "Manchester Yunayted" murabbiyi bo'lganida, Pogbani ham, Ronalduni ham qaytarmagan bo'lardi.
U futbolchining avvalgi jamoasiga qaytishi kamdan-kam hollarda muvaffaqiyat olib kelishini aytdi. Ma'lumot uchun, Krishtianu Ronaldu 2021-yilda "Manchester Yunayted"ga qaytdi.
Biroq, 2022-yil oxirida portugaliyalik hujumchi klub bilan ziddiyat sababli jamoani tark etdi. Hozirda Ronaldu Saudiya Arabistonining "Al-Nassr" klubi sharafini himoya qilmoqda.
40 yoshli futbolchining shartnomasi 2027-yilgacha mo'ljallangan.
Yurgen Klopp "Manchester Yunayted"ning Ronaldu transferini tanqid qildi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar