Xarri Maguayrning “Manchester Yunayted” bilan amaldagi shartnomasi 2025/2026-yilgi mavsum oxirigacha tuzilgan. Euro-football.ru ma’lumotiga ko‘ra, Maguayr shartnomani uzaytirish uchun maoshining qisqarishiga rozi bo‘lishga tayyor.
O‘tgan hafta “Manchester Yunayted” safarda “Liverpul” ustidan kutilmagan g‘alabaga erishdi. Ushbu uchrashuvda g‘alaba to‘pini aynan Xarri Maguayr kiritdi.
Maguayr 2019-yil yozidan beri “Manchester Yunayted” safida harakat qilmoqda. Shu vaqt oralig‘ida u 254 o‘yinda maydonga tushdi, 17 ta gol urdi va 9 ta golga uzatma berdi.
Himoyachi jamoaning asosiy futbolchilaridan biri sanaladi. Maguayr kelasi mavsumlarda ham “Manchester Yunayted” tarkibida o‘ynashni davom ettirish niyatida.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar