Madridning "Real" va Italiyaning "Yuventus" klublari Yevropa Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining uchinchi turida to‘qnash keladi. Uchrashuv bugun, Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da Madriddagi "Santyago Bernabeu" stadionida boshlanadi.
Euro-football.ru yozishicha, har ikki jamoa uchrashuvga quyidagi tarkiblar bilan chiqishi kutilmoqda. "Real"ning ehtimoliy tarkibi: darvozabon - Kurtua; himoyachilar - Karreras, Asensio, Militao; yarim himoyachilar - Valverde, Kamavinga, Tchuameni; hujumchilar - Vinisius Junior, Gyuler, Mastantuono, Mbappe.
"Yuventus"da esa darvozani Di Gregorio qo‘riqlaydi; himoyachilar - Kambyaso, Kelli, Gatti, Kalulu; yarim himoyachilar - Joau Mariu, Makkenni, Lokatelli; hujumchilar - Yildiz, Konseysau va Devid. Oldingi turda "Real" "Qayrat" ustidan 5:0 hisobida yirik g‘alaba qozongan edi.
"Yuventus" esa "Vilyarreal" bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Hozirda "Real" guruhda 6 ochko bilan 8-o‘rin bormoqda, "Yuventus" esa 2 ochko bilan 24-o‘rinda bormoqda.
Madrid klubi safida Antonio Ryudiger, Dani Sebalyos, David Alaba, Din Xoysen va Ferlan Mendi jarohat sabab maydonga chiqa olmaydi. Dani Karvaxal ham jarohat va diskvalifikatsiya tufayli o‘yinni o‘tkazib yuboradi.
"Yuventus"da esa Xuan Kabal, Gleyson Bremer va Arkadiush Milik safdan chiqqan. Fabio Miretti va Edona Jegrovaning ishtiroki hamon so‘roq ostida.
"Real" va "Yuventus" o‘rtasidagi ushbu uchrashuv Chempionlar Ligasi guruh bosqichining markaziy bahslaridan biri bo‘lishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!