
Barselona klubi bosh murabbiyi Xans-Diter Flikning Ispaniya chempionati doirasidagi Realga qarshi o‘yinda ishtirok etishini ta’minlash uchun diskvalifikatsiyani bekor qilishga harakat qilmoqda. Kataloniyaliklar payshanba kuni Apellyatsiya qo‘mitasiga shikoyat arizasini topshirdi.
Euro-football.ru ma’lumotiga ko‘ra, klub ushbu masalada yakuniy qarorni kutmoqda. Flik o‘tgan dam olish kunlari Gironaga qarshi o‘yinda qizil kartochka oldi.
Hakam uni ikkinchi ogohlantirishdan so‘ng maydondan chetlatdi. Bunga sabab murabbiyning hakam qaroriga norozilik bildirgani bo‘ldi.
Barselona apellyatsiyasida hakam protokoliga kiritilgan yozuvlar video tasvirga mos kelmasligini ta’kidlagan. Avvalroq intizomiy qo‘mita kataloniyaliklarning dalillarini inobatga olmadi va Flikka diskvalifikatsiya jazosini qo‘lladi.
Agar bu apellyatsiya ham rad etilsa, klub Ispaniya sport ma’muriy sudi orqali murojaat qilish imkoniga ega. Real va Barselona o‘rtasidagi uchrashuv yakshanba kuni, 26 oktyabrda bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar