date

Joan Laporta: “Barselona” “Real”ni mag‘lub etadi, ishonchim komil

Joan Laporta: “Barselona” “Real”ni mag‘lub etadi, ishonchim komil

“Barselona” prezidenti Joan Laporta yaqinda bo‘ladigan “El-Klasiko” oldidan o‘z jamoasiga bo‘lgan ishonchini oshkor etdi. Uning ta’kidlashicha, futbolchilar g‘alaba uchun yetarlicha tayyorgarlik ko‘rgan va bu safar ham muxlislarini xursand qilishni maqsad qilgan.

“Men “Real” ustidan g‘alaba qozonishimizga ishonaman. Bu ishonchni men jamoamning kayfiyatidan, ularning tayyorgarlik darajasidan his qilyapman. Har bir futbolchida g‘alaba uchun ichki kuch bor. Ular bu o‘yinning ahamiyatini yaxshi anglaydi. Biz muxlislar uchun yana bir yorqin kunni taqdim etamiz — xuddi o‘tgan mavsumdagi kabi”, — dedi Laporta jurnalistlar bilan suhbatda.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, u o‘yin oldidan jamoa futbolchilari bilan birga tushlikda bo‘lgan va ulardagi ruhiy tayyorgarlikni yaqindan kuzatgan. “Har bir o‘yinchi g‘alabaga ishongan holda maydonga chiqishga hozir. Ular shunchaki futbol emas, jamoa sharafi uchun kurashmoqchi”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Ma’lumot uchun, “El-Klasiko” — ya’ni “Real Madrid” va “Barselona” o‘rtasidagi tarixiy to‘qnashuv 26-oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:15 da bo‘lib o‘tadi.

Hozirda La Liganing jadvalida “Real” 24 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda, “Barselona” esa ulardan 2 ochkoga orqada — ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Shuning uchun ham bu bellashuv faqat raqobat emas, balki chempionlik uchun kurashda muhim burilish nuqtasi sifatida qaralmoqda. Kataloniyaliklar g‘alaba qozonsa, jadvaldagi vaziyat yanada qiziydi.

Joan Laporta esa bu imkoniyatdan foydalanishga ishonmoqda: “Bizning jamoa ruhan kuchli, motivatsiya yuqori va biz muxlislarimizga munosib o‘yin ko‘rsatamiz”, — dedi u o‘z so‘zini yakunlar ekan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Joan Laporta: “Barselona” “Real”ni mag‘lub etadi, ishonchim komil