
Milanning "Inter" klubi "Komo" jamoasi yarim himoyachisi Nikolas Pasni oʻz safiga qoʻshib olishga qiziqish bildirmoqda. "Neradzurri" futbolchining "Komo"dagi muvaffaqiyatlarini bir muddatdan beri kuzatib kelmoqda.
Avvalgi transfer oynasida argentinalik futbolchi boshqa jamoaga oʻtmaslikka qaror qilgan edi. Transfer News Live nashri Flashscore manbasiga asoslanib xabar berishicha, "Inter" Nikolas Pas uchun 58 million yevro taklif qilishga tayyor.
Milan klubi "Real Madrid"ning ushbu futbolchini 2026-yilda qaytarib olish huquqidan foydalanishiga yoʻl bermoqchi. Maʼlumki, "Real" klubi oʻz tarbiyalanuvchisini birinchi navbatda sotib olish imkoniyatiga ega.
Transfermarkt ekspertlari Nikolas Pasning narxini 55 million yevro atrofida baholamoqda. Shuningdek, 21 yoshli futbolchiga Angliyaning yirik klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Inter Real tarbiyalanuvchisini qoʻlga kiritmoqchi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar