Krishtianu Ronaldu “Al Nassr” bilan 13 ta finalda sovrinsiz qoldi

1 daqiqa o'qish973
Krishtianu Ronaldu “Al Nassr” bilan 13 ta finalda sovrinsiz qoldi

Portugaliyalik afsona Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonidagi faoliyati davomida haligacha birorta ham rasmiy sovrinni qo‘lga kirita olmadi. Taniqli TNT Sports portali keltirgan statistikaga ko‘ra, “Al Nassr” safida to‘p surayotgan 40 yoshli hujumchi jamoasi bilan birgalikda 13 ta sovrin uchun kurashda omadsizlikka uchragan.

Ronaldu “Al Nassr”ga 2022-yilning dekabrida qo‘shilgan edi. O‘tgan vaqt mobaynida u jamoasi bilan bir qator musobaqalarda finalgacha yetib bordi, ammo barchasida sovrinsiz qoldi.

Quyida Krishtianu Ronalduning Saudiyadagi muvaffaqiyatsiz sovrinlar ro‘yxati keltirilgan:

2022/23 mavsum:

– Saudiya chempionati (Campeonato Saudita) – mag‘lubiyat

– Qirol kubogi (Copa do Rei Saudita) – mag‘lubiyat

– Saudiya superkubogi (Supercopa Saudita) – mag‘lubiyat

2023/24 mavsum:

– Saudiya chempionati – mag‘lubiyat

– Qirol kubogi – mag‘lubiyat

– Saudiya superkubogi – mag‘lubiyat

– Osiyo chempionlar ligasi (Champions Asiática) – mag‘lubiyat

2024/25 mavsum:

– Saudiya chempionati – mag‘lubiyat

– Qirol kubogi – mag‘lubiyat

– Saudiya superkubogi – mag‘lubiyat

– Osiyo chempionlar ligasi – mag‘lubiyat

2025/26 mavsum:

– Qirol kubogi – mag‘lubiyat

– Saudiya superkubogi – mag‘lubiyat

Krishtianu Ronaldu “Al Nassr” bilan 13 ta finalda sovrinsiz qoldi

Shu tariqa, Ronaldu “Al Nassr” safidagi to‘rt mavsum ichida 13 ta rasmiy sovrin uchun kurashda ishtirok etdi va birortasida g‘olib chiqa olmadi. Bu holat futbol dunyosida katta muhokamaga sabab bo‘ldi — chunki Yevropa sahnasini zabt etgan yulduz Saudiyada omadsizlik silsilasini to‘xtatolmayapti.

Shu bilan birga, “Al Nassr” ayni paytda Saudiya Pro Ligasida peshqadamlar safida boryapti va Ronalduning o‘zi esa gollar soni bo‘yicha yetakchilar orasida. Ammo statistika shundoq deydi — u kelganidan buyon jamoa 13 ta finalda ishtirok etdi va barchasini boy berdi.

Bu natija Ronalduning “Al Nassr” bilan katta sovrinlar sari yo‘li hali ham murakkab va uzoq ekanini ko‘rsatmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?