date

Seriya A prezidenti oʻyinni Avstraliyada himoya qildi

Seriya A prezidenti oʻyinni Avstraliyada himoya qildi
Seriya A prezidenti Luiji de Syervo "Milan" va "Komо" oʻrtasidagi fevral oyida Avstraliyada oʻtishi rejalashtirilgan oʻyin haqida oʻz fikrlarini bildirdi. "Agar siz futbolchidan soʻrasangiz, 20 soat uchib chempionat oʻyinini oʻtkazishni xohlaysizmi, deb, u, albatta, bu aqldan ozish, deb aytadi.

Agar siz chempionlik yoki Chempionlar ligasidagi oʻrin uchun kurashayotgan murabbiyning fikrini soʻrasangiz, u ham bunga qarshi boʻladi. Ammo savol shundaki, biz bugungi tuxumni xohlaymizmi yoki ertangi tovuqni?

Har kim sport mahsulotini rivojlantirishni istasa, 5-10 yil oldinga qarashi kerak. Agar biz xalqaro liga boʻlishni istasak, ommalashmagan qarorlarni qabul qilishga jurʼatimiz boʻlishi kerak", - dedi de Syervo "Cronache di Spogliatoio" nashriga.

Eslatib oʻtamiz, Ispaniyaning La Liga chempionatidagi "Vilyarreal" va "Barselona" oʻyinining AQShda oʻtkazilishi rejalashtirilgan edi, ammo bu loyiha amalga oshmadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Seriya A prezidenti oʻyinni Avstraliyada himoya qildi