date

Barselona asosiy tarkib futbolchilarini qaytaradi

Barselona asosiy tarkib futbolchilarini qaytaradi
Barselona muxlislari uchun yaxshi yangilik. Kataloniya klubi chorshanba kuni asosiy tarkibning ikki futbolchisi umumiy mashgʻulotlarga qaytganini eʼlon qildi.

Robert Levandovski va Dani Olmo toʻliq mashgʻulotlarni tikladilar. Shunday qilib, Levandovski va Olmo yaqinlashib kelayotgan Ispaniya chempionati doirasidagi Elchega qarshi oʻyinda Barselonaga yordam berishlari mumkin.

Ushbu oʻyin yakshanba, 2-noyabr kuni boʻlib oʻtadi. Qayd etish joizki, Levandovski va Olmo 5-oktyabr kuni Barselona safida soʻnggi marta maydonga tushishgan va oʻshandan beri jamoaning uchta uchrashuvini oʻtkazib yuborishdi.

Polshalik hujumchi va ispan yarim himoyachisi ushbu oyda oʻz milliy terma jamoalari safida jarohat olishgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Barselona asosiy tarkib futbolchilarini qaytaradi