
“Napoli” jamoasi rasmiy saytida xabar berganidek, chorshanba kuni yarim himoyachi Kevin de Bryuyne muvaffaqiyatli jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi. Operatsiya Antverpen shahrida o‘tkazilgan.
Endi 34 yoshli futbolchi tiklanish jarayonining birinchi bosqichini boshlaydi. Ma’lumki, yaqinda “Inter”ga qarshi o‘yinda De Bryuyne son mushaklarining jiddiy yorilishi bilan jarohatlangan edi.
Penalti tepib gol urgandan so‘ng belgiya futbolchisi qattiq og‘riqni his qilib, harakatlanishda qiyinchiliklarga duch kelgan. Avvalroq Kevin de Bryuynening tiklanish jarayoni taxminan to‘rt oy davom etishi mumkinligi xabar qilingan edi.
Hozirda “Napoli” Italiya chempionatida 9 turda 21 ochko to‘plab, peshqadamlik qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar