Gasperini: "Roma" yanada kuchliroq boʻlishi mumkin

Gasperini: "Roma" yanada kuchliroq boʻlishi mumkin
Qisqacha

“Roma” Italiya chempionatining 9-turida “Parma”ni 2:1 hisobida mag'lub etdi. Jamoa bosh murabbiyi Jan Piero Gasperini o'yinda ijobiy o'zgarishlar borligini, biroq “Roma” yanada kuchliroq bo'lishi mumkinligini ta'kidladi. U hujumchilar, ayniqsa Dibala, jamoa o'yiniga katta hissa qo'shayotgani va ruhiy holat yuqori ekanini aytdi.

Gasperini: "Roma" yanada kuchliroq boʻlishi mumkin
“Roma” jamoasining bosh murabbiyi Jan Piero Gasperini “Parma” ustidan qozonilgan gʻalabadan soʻng oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi. Italiya chempionati 9-tur uchrashuvi 2:1 hisobida yakunlandi.

“Aniqki, oʻyinimizda ijobiy oʻzgarishlar kuzatilmoqda, ammo biz hali ham yanada kuchliroq boʻlishimiz mumkin. Hujumchilar oʻyinimizga oʻz hissasini qoʻshmoqda, ayniqsa Dibala bunga katta yordam bermoqda.

Jamoaning ruhiy holati juda yuqori, biz ajoyib davrni boshdan kechirmoqdamiz”, — deydi Gasperinining soʻzlarini jurnalist Nikolo Skira keltiradi. Toʻqqiz turdan soʻng “Roma” Italiya A Seriyasi turnir jadvalida 21 ochko bilan ikkinchi oʻrinni egallab turibdi.

Taʼkidlash joizki, rimliklar peshqadam “Napoli”dan faqat qoʻshimcha koʻrsatkichlar boʻyicha ortda qolmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar