date

Pedri jarohat oldi: tafsilotlar

Pedri jarohat oldi: tafsilotlar
Barselona yarim himoyachisi Pedri jarohat olib, safdan chiqqani tasdiqlandi. "Koʻk-anorranglilar" matbuot xizmati xabariga koʻra, 22 yoshli futbolchining chap son ikki boshli muskuli distal qismi yirtilgan.

Hozircha Pedrining tiklanish muddati haqida rasmiy maʼlumot berilmagan. Avvalroq futbolchi milliy terma jamoalar oʻyinlari uchun noyabr oyida beriladigan tanaffusgacha "Barselona" oʻyinlarida qatnasha olmasligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ayni damda "Barselona" La Liga doirasidagi "Elche"ga qarshi oʻz maydonidagi uchrashuvga tayyorgarlik koʻrmoqda. Mazkur oʻyin yakshanba, 2-noyabr kuni boʻlib oʻtadi.

"Barselona" Ispaniya chempionati turnir jadvalida ikkinchi oʻrinda bormoqda va "Real"dan besh ochkoga ortda qolmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Pedri jarohat oldi: tafsilotlar