
Arsenal jamoasi vingeri Bukayo Saka jamoasining joriy mavsumdagi imkoniyatlari haqida fikr bildirdi. Premier Liga chempionligi uchun asosiy daʼvogarlar qatorida tilga olinayotgan "kanonirlar" hozirda jadvalda birinchi oʻrinda borib, eng yaqin taʼqibchidan toʻrt ochko oldinda turibdi.
"Agar siz Arsenal futbolchisi boʻlsangiz, odamlar har doim mavsumni qayerda yakunlayotganingiz yoki oʻyiningiz haqida gapirishadi. Baʼzan bu tahlillar ortiqcha boʻlib tuyuladi.
Ammo bu mavsumda oʻzimizda kuchli tarkib va yuqori sifatga ega futbolchilar borligini his qilyapman. Biz koʻplab jarohatlardan oʻtdik, lekin maydonga chiqqan oʻyinchilarimiz baribir yuqori darajada oʻynay olishlarini koʻrsatishdi.
Bu bizga mavsumni oxiriga qadar olib borish uchun aynan kerak boʻlgan narsa. Oʻylaymanki, avvalgi mavsumlarda pozitsiyalarimizni yoʻqotganmiz.
Ammo bu mavsumda bunga tayyormiz, deb hisoblayman. Ilgari "Nyukasl" bilan boʻlgan oʻyindagidek bahslarda yaxshi natijaga erisha olmagan boʻlsak, bu safar 2:1 hisobida gʻalaba qozondik.
Lekin hali "bu bizning yilimiz" deb aytish uchun erta, deb oʻylayman. Soʻnggi uch mavsumda biz chempionlik uchun kurashdik, lekin har safar ikkinchi oʻrinda qoldik.
Tajriba menga oʻrgatdiki, kuzda nima boʻlishidan qatʼi nazar, aprelda choʻqqida boʻlish muhim. Shundagina biz birinchi oʻrin uchun kurasha olamiz," - dedi Saka Sky Sports nashriga.
Arsenal oxirgi marta Angliya chempionligini 2004 yilda qoʻlga kiritgan edi.
Saka: "Aprel oyida choʻqqida boʻlish muhim"
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar