Zirkzee Angliya Premyer-ligasining uch klubiga qiziqish uygʻotdi

Manchester Yunayted hujumchisi Joshua Zirkzee o'yin amaliyoti yetishmagani sabab yanvar oyida klubni tark etishi mumkin. Qishki transfer oynasida Aston Villa, Brayton va G'arbiy Xem 24 yoshli niderlandiyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda. Biroq bosh murabbiy Ruben Amorim Zirkzeeni mavsum davomida qo'yib yubormasligini ma'lum qilgan. Transfermarkt hujumchining qiymatini 28 million yevro deb baholamoqda.

Manchester Yunayted hujumchisi Joshua Zirkzee oʻz faoliyatini boshqa Angliya Premyer-ligasi klubida davom ettirishi mumkin. 24 yoshli futbolchi oʻyin amaliyoti yetishmasligidan aziyat chekmoqda va shu sababdan yanvar oyida "qizil iblislar"ni tark etishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan.
CaughtOffside nashriga koʻra, qishki transfer oynasida Aston Villa va Brayton klublari Gʻarbiy Xem bilan birga niderlandiyalik futbolchi uchun kurash olib borishga tayyor. Biroq transferni amalga oshirish oson boʻlmaydi, chunki Manchester Yunayted bosh murabbiyi Ruben Amorim Zirkzeeni mavsum davomida qoʻyib yubormasligini maʼlum qilgan.
Transfermarkt portali hujumchining qiymatini 28 million yevro deb baholamoqda.































Izohlar 0
…