
Barselona Italiya chempioni Napoli jamoasida toʻp surayotgan yarim himoyachi Skott Maktominayni oʻz safiga qoʻshib olishni koʻrib chiqmoqda. ESPN xabariga koʻra, Shotlandiyalik futbolchi Neapoldan ketib, Angliyaga qaytishni xohlayotgan boʻlsa-da, A Seriyadagi muvaffaqiyatidan soʻng boshqa Yevropa top-chempionatlaridan ham takliflar boʻlishi mumkin.
Manbaga koʻra, Barselona Maktominayni transfer qilish imkoniyatini jiddiy oʻrganmoqda. Ammo Napoli yaqin kelajakda oʻz futbolchisini qoʻyib yuborishga tayyor yoki yoʻqligi hozircha nomaʼlum.
Transfermarkt portali maʼlumotiga koʻra, 28 yoshli Maktominayning transfer qiymati 50 million yevro qilib baholangan. Uning Italiya chempionlari bilan tuzgan shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar