date

Pokonyoli: "Monako"ning gʻalabasi adolatli boʻldi

Pokonyoli: "Monako"ning gʻalabasi adolatli boʻldi
"Monako" Fransiya chempionatining 10-turida safarda "Nant" ustidan 5:3 hisobida gʻalaba qozondi. Oʻyindan soʻng klub bosh murabbiyi Sebastyen Pokonyoli oʻz fikrlarini bildirdi.

"Biz bu gʻalabani haqli ravishda qoʻlga kiritdik. Lekin oʻyin davomida oʻzimizga qiyinchiliklar tugʻdirdik.

Ha, biz uchta gol oʻtkazib yubordik, lekin oʻz futbolimizni koʻrsatishda davom etdik. Bizda yosh jamoa yigʻilgan, ular hali oʻyinning turli nozik jihatlarini oʻrganishlari kerak.

Bu jarayonning muhim bir qismi", - dedi Pokonyoli. Fransiya chempionatining 10-turidan soʻng "Monako" 20 ochko toʻplab, turnir jadvalida ikkinchi oʻrinda bormoqda.

Ular peshqadam "PSJ"dan bor-yoʻgʻi bir ochkoga ortda qolmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Pokonyoli: "Monako"ning gʻalabasi adolatli boʻldi