
O'tgan hafta yakshanba kuni Madridning "Real" jamoasi o'z maydonida "Barselona"ni mag'lub etdi. La Liganing o'ninchi turidan o'rin olgan ushbu "El-Klasiko" bahsi 2:1 hisobida yakunlandi.
"Qirollik klubi"ning yarim himoyachisi Jud Bellingem mazkur o'yinda gol urishga muvaffaq bo'ldi. Angliyalik futbolchi uchun bu gol "Barselona" darvozasiga yo'llagan to'rtinchi to'p bo'ldi.
Qizig'i, Bellingem aynan "Barselona"ga qarshi o'yinlarda eng ko'p gol urgan. Shu bilan birga, u "Jirona" jamoasiga ham to'rt marta gol urgan.
Shuningdek, "Manchester Siti", "Sevilya" va "Ayntraxt" jamoalari darvozasiga uch martadan gol kiritgan. Joriy mavsumda 22 yoshli futbolchi barcha turnirlarda jami sakkizta o'yinda maydonga tushib, ikki gol va bitta golli uzatma muallifiga aylangan.
Bellingemning sevimli raqibi — Barselona
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar