
“Barselona” jamoasining yulduzli vingeri Lamin Yamal hali 100 foizga tayyor emas. Barca Universal nashrining jurnalist Elena Kondisga asoslangan xabariga ko‘ra, 18 yoshli futbolchi hali ham chov sohasidagi noqulayliklardan aziyat chekmoqda.
Sentyabr va oktyabr oylarida Yamal chov suyagi bilan bog‘liq muammolar tufayli bir qancha “Barselona” o‘yinlarini o‘tkazib yuborgan edi. Sport shifokorlari ilgari ham futbolchining noqulayliklari uning o‘yiniga salbiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlagan edi.
O‘tgan dam olish kunlari “Barselona” safarda “Real”ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Kataloniyaliklar turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bo‘lib, Madrid klubidan besh ochko ortda qolmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar