date

APLda oy futbolchisi nomzodlari eʼlon qilindi


Angliya Premer-ligasining rasmiy sayti oktyabr oyining eng yaxshi futbolchisi unvoniga nomzodlarni eʼlon qildi. Roʻyxatda quyidagi futbolchilar oʻrin olgan: Metti Kesh (Aston Villa), Bruno Gimaraynsh (Nyukasl), Erling Holann (Manchester Siti), Junior Krupi (Bornmut), Brayan Mbeumo (Manchester Yunayted), Nordi Mukiyele (Sanderlend), Igor Tyago (Brentford) va Yuriyen Timber (Arsenal).

Gʻolib muxlislar va mutaxassislar oʻrtasidagi ovoz berish natijalariga koʻra aniqlanadi. Avgust oyida ushbu mukofotni Everton vakili Jek Grilish qoʻlga kiritgan boʻlsa, sentyabrda Erling Holann gʻolib boʻlgan edi.

Shuningdek, APLda oy murabbiyi unvoniga nomzodlar roʻyxati ham oldinroq eʼlon qilingan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » APLda oy futbolchisi nomzodlari eʼlon qilindi