date

Markus Tyuram “Inter” bilan mashgʻulotlarga qaytdi

Markus Tyuram “Inter” bilan mashgʻulotlarga qaytdi
Markus Tyuram 30-oktabr kuni Milanning “Inter” jamoasi asosiy tarkibi bilan mashgʻulotlarga qaytdi. Bu haqda Football Italia xabar berdi.

Tyuram 30-sentabr kuni Chempionlar Ligasi doirasida Praganing “Slaviya” jamoasiga qarshi oʻyindan soʻng maydonga tusha olmadi. Mazkur oʻyinda “neradzurri” 3:0 hisobida gʻalaba qozongan edi.

Final hushtagidan soʻng fransiyalik hujumchi matbuot zonasi yaqinida oqsoqlanib koʻringan boʻlsa-da, dastlab bu haqida xavotirlanmaslikni aytgan edi. Shundan beri Tyuram tizza payining shikastlanishi sababli 30 kunni oʻtkazib yubordi.

U shu vaqt ichida A Seriyaning 4 ta oʻyini, Chempionlar Ligasining 1 oʻyini va milliy terma jamoa oʻyinlarini oʻtkazib yubordi. Avvaliga futbolchining 25-oktabr kuni “Napoli”ga qarshi oʻyinga qaytishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi, biroq bu muddat keyinga surildi.

Endi uning 2-noyabr kuni “Verona”ga qarshi oʻyinda ishtirok etishi ham nomaʼlum boʻlib turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Markus Tyuram “Inter” bilan mashgʻulotlarga qaytdi