
“Barselona” klubi so‘nggi yillarda yosh futbolchilarning faol o‘yinlari bilan bir qatorda, ularning jarohatlar tufayli o‘tkazib yuborgan uchrashuvlari bilan ham e’tibor markazida turibdi. Klub tarkibidagi bir nechta asosiy futbolchilar sog‘lig‘i sabab ko‘plab o‘yinlarda ishtirok eta olmagan.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Lamin Yamal 146 ta o‘yinda maydonga tushgan bo‘lsa, 16 ta uchrashuvni jarohat sabab o‘tkazib yuborgan. Gavi esa 186 ta o‘yinda qatnashib, 99 ta o‘yinni sog‘lig‘i tufayli o‘tkazib yuborgan.
Pedri 290 ta o‘yinda ishtirok etgan va 88 ta uchrashuvni o‘tkaza olmagan. Shuningdek, Alejandro Balde 176 o‘yinda maydonga tushib, 72 ta o‘yinda jamoasiga yordam bera olmagan.
Mazkur raqamlar “Barselona”ning yosh futbolchilari uchun sog‘lom tiklanish jarayonlarini yaxshilash va jarohatlarning oldini olish bo‘yicha jiddiy chora ko‘rish zarurligini ko‘rsatmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!