
Roma klubi direktori Frederik Massara Paulo Dibala va Lorenso Pellegrini bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralar hali boshlanmaganini tasdiqladi. Bu haqda Football Italia xabar bermoqda.
Ushbu futbolchilarning shartnomalari mavsum oxirida nihoyasiga yetadi. "Biz bu vaziyatdan xabardormiz, lekin hozirda barcha e'tiborimiz o'yinlarga qaratilgan.
Shartnomasi yakunlanayotgan futbolchilar klubga yuqori professionallik va sadoqat ko'rsatmoqda. Hozircha ular bilan muzokaralarni boshlamaganmiz", - dedi Massara.
31 yoshli Dibala joriy mavsumda 8 o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi. U 2022-yilning yozida "Yuventus" bilan shartnomasi tugagach, erkin agent sifatida "Roma"ga kelib qo'shilgan.
Pellegrini esa klub akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo'lib, bu mavsumda 5 o'yin o'tkazib, "Latsio"ga qarshi o'yinda g'alabali gol urgan. U may oyidan avgust oyigacha jarohat sababli o'yinlarda qatnasha olmagan.
Massara shuningdek, moliyaviy cheklovlar tufayli jamoa qishki transfer oynasida katta xaridlar qilishni rejalashtirmayotganini ham ta'kidladi.
Roma Dibala bilan shartnomani uzaytirmayapti
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing