date

APL Boxing Day uchun jadvalni tasdiqladi


Angliya Premer-ligasi (APL) dekabr va yanvar oylaridagi o'yinlar jadvalini tasdiqladi. 2025-yil Boxing Day, ya'ni 26-dekabr kuni faqat bitta o'yin o'tkaziladi.

Bu Ikkinchi jahon urushidan buyon Boxing Day kuni APLda eng kam o'yinlar soni hisoblanadi. Anʼanaga ko'ra, Boxing Day kuni Angliyada futbol o'ynash odatiy hol.

Ilgari bu kunda Premer-liganing barcha 10 ta uchrashuvi ham bo'lib o'tgan. Keng maʼnoda Boxing Day butun Rojdestvo-yangi yil davridagi o'yinlar seriyasini ifodalaydi.

Quyida ushbu davrda o'tkaziladigan o'yinlarning jadvalini ko'rib chiqamiz (vaqt Moskva vaqti bilan ko'rsatilgan): 18-tur 26-dekabr (Boxing Day): 23:00 "Manchester Yunayted" - "Nyukasl" 27-dekabr: 15:30 "Nottingem Forest" - "Manchester Siti" 18:00 "Arsenal" - "Brayton" 18:00 "Brentford" - "Bornmut" 18:00 "Byornli" - "Everton" 18:00 "Liverpul" - "Vulverhempton" 18:00 "Vest Hem" - "Fulhem" 20:30 "Chelsi" - "Aston Villa" 28-dekabr: 17:00 "Sanderlend" - "Lids" 19:30 "Kristal Pelas" - "Tottenhem" 19-tur 30-dekabr: 22:30 "Byornli" - "Nyukasl" 22:30 "Chelsi" - "Bornmut" 22:30 "Nottingem Forest" - "Everton" 22:30 "Vest Hem" - "Brayton" 23:15 "Arsenal" - "Aston Villa" 23:15 "Manchester Yunayted" - "Vulverhempton" 1-yanvar: 20:30 "Kristal Pelas" - "Fulhem" 20:30 "Liverpul" - "Lids" 23:00 "Brentford" - "Tottenhem" 23:00 "Sanderlend" - "Manchester Siti"
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » APL Boxing Day uchun jadvalni tasdiqladi