
Fransiya chempionatining 11-turi doirasida "Monako" o‘z maydonida "Parij"ni qabul qiladi. Ushbu o‘yin uchun jamoalarning ehtimoliy boshlang‘ich tarkiblari haqida fikr bildiramiz.
"Monako"ning taxminiy tarkibi: Kyon (darvozabon), Uattara, Mavissa, Salisu, Kerer, Dyatta, Teze, Kulibali, Golovin, Balogun, Aklush. "Parij"ning taxminiy tarkibi: Nkambadio (darvozabon), Ollila, Otavio, Mbu, Shergi, Marshetti, Lis-Melu, Maksim Lopes, Saymon Mozes, Jebbel, Kebbal.
"Monako" jamoasida Erik Dayer, Denis Zakariya, Lamin Kamara, Kayo Enrike va Pol Pogba jarohatlangan. "Parij" tarkibida esa Jyulien Lopes, Noa Sangui va Pyer-Iv Amel jarohat olgan, shuningdek, Tibo de Smet diskvalifikatsiya qilingan.
Oldingi o‘yinda "Monako" safida zaxiradan maydonga tushib, dubl qayd etgan Aleksandr Golovin bu safar asosiy tarkibda maydonga tushishi kutilmoqda. Eslatib o‘tamiz, "Monako" o‘sha uchrashuvda "Nant"ni 5:3 hisobida mag‘lub etgandi.
Bugun, 1-noyabr kuni "Monako" va "Parij" o‘rtasidagi to‘qnashuv "Lui II" stadionida Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da boshlanadi. O‘yinning matnli onlayn translyatsiyasini kuzatib borishni unutmang.
Monako – Parij: Gоловin asosiy tarkibda bo‘ladimi?
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing