date

Barselona Reshfordni xarid qilishi mumkin

Barselona Reshfordni xarid qilishi mumkin
Kataloniyaning "Barselona" klubi ingliz hujumchisi Markus Reshfordning o‘yin saviyasidan mamnun. "Ko‘k-anorranglilar" 28 yoshli futbolchini "Manchester Yunayted"dan sotib olishni ko‘rib chiqmoqda.

Bu haqda Sport.es xabar bermoqda. Transfer faqat bir shart bilan amalga oshishi mumkin — agar Markus maoshini sezilarli darajada kamaytirishga rozi bo‘lsa.

Chunki "Barselona"da unga "Manchester Yunayted"da taklif qilingan shartlarni ta’minlash imkoniyati yo‘q. Reshford 2025 yil yozida "qizil iblislar"dan "ko‘k-anorranglilar" safiga ijara asosida kelgan edi.

Uning shartnomasi 2026 yilning iyun oyigacha amal qiladi. Joriy mavsumda Markus La Liga doirasida o‘nta o‘yinda maydonga tushdi.

U bir gol urib, to‘rtta golli uzatma amalga oshirgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Barselona Reshfordni xarid qilishi mumkin