
“Napoli” yarim himoyachisi Stanislav Lobotka jarohatdan forigʻ boʻldi va yaqin oʻyinda maydonga tushishga tayyor. 1-noyabr kuni kechqurun neapolliklar A Seriyaning 10-turi doirasida “Komo” bilan oʻynaydi.
Lobotka 5-oktabr kuni “Jenoa”ga qarshi oʻyinda (2:1) mushak jarohatini olganidan soʻng deyarli bir oy davomida oʻyinlardagi ishtirokidan mahrum boʻldi. 30 yoshli futbolchi shu vaqt ichida chempionatning 3 oʻyinini, Chempionlar ligasining 1 oʻyinini va Sloveniya terma jamoasining 2 uchrashuvini oʻtkazib yubordi.
Sky Sport Italia xabariga koʻra, Lobotka boshlangʻich tarkibda emas, zaxiradan oʻyinga qoʻshilishi kutilmoqda. Shuningdek, Rasumus Xeylun oʻzining mushak charchoqlari sababli qisqa tanaffusdan soʻng asosiy tarkibga qaytishi mumkinligi maʼlum boʻldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar