
Portugaliya terma jamoasi va Saudiya Arabistonining “Al Nasr” klubi yetakchisi Krishtianu Ronalduning to‘ng‘ich o‘g‘li — Krishtianu Ronaldu Junior yana jamoatchilik diqqat markazida. Sababi, 15 yoshli yigit o‘zining ilk va juda qimmat mashinasini — oq rangli Lamborghini Urus S modelini xarid qilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Telegrafi xabar berdi.
Qayd etilishicha, yosh Ronaldu ijtimoiy tarmoqda o‘zining yangi avtomobili bilan suratga tushgan va bu internetda tezda tarqalgan. Mashinaning bahosi taxminan 265 ming yevroni tashkil etadi.
Lamborghini Urus S — bu 650 ot kuchiga ega turbinali V8 dvigatel bilan jihozlangan superkar bo‘lib, atigi 3,5 soniyada 0 dan 100 km/soat tezlikka chiqishi mumkin. Uning maksimal tezligi esa 305 km/soatga yetadi.
Biroq hozircha Ronaldu Juniorning haydovchilik guvohnomasi yo‘q. Saudiya Arabistoni qonunlariga ko‘ra, u faqat 18 yoshga to‘lgachgina avtomobilni mustaqil boshqarish huquqiga ega bo‘ladi. Shu sababli, hozircha u faqat yo‘lovchi sifatida sayohat qilish bilan cheklanmoqda.
Mashhur futbolchining o‘g‘li yosh bo‘lishiga qaramasdan, ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi va sportga qiziqishi bilan katta auditoriyaga ega. Uning otasi singari mashhur futbolchi bo‘lish niyati ham bor.
Eslatib o‘tamiz, ilgari Ronalduning o‘g‘li ilk bor Portugaliya U-16 terma jamoasiga chaqirilgan edi. Bu uning sportdagi katta salohiyatini yana bir bor isbotladi.
Qisqasi, futbol yulduzining o‘g‘li nafaqat maydonda, balki hayot uslubida ham “kattalar safida” ekanini ko‘rsatmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!