
“Napoli” bosh murabbiyi Antonio Konte A Seriya doirasidagi “Komо”ga qarshi uy uchrashuvida qayd etilgan nol-nol hisobdagi durangdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. “Juda keskin o‘tgan o‘yin bo‘ldi.
Bugun biz Yevropa uslubidagi futbolni kuzatdik, unda hech bir jamoa faqat himoyada o‘ynamadi. Men ushbu durangdan ayrim g‘alabalardan ko‘ra ko‘proq mamnunman,” dedi Konte DAZNga bergan intervyusida.
“Ko‘pchilik ‘Komо’ni faqat nomi tufayli kichik jamoa deb hisoblaydi, ammo bu raqib juda kuchli. Yaqinda ular ‘Yuventus’ni mag‘lub etganini unutmaslik kerak.
Birinchi bo‘limda ‘Komо’ yaxshiroq o‘ynadi, ikkinchi bo‘limda esa biz ustunlik qildik. Natija adolatli,” deya qo‘shimcha qildi murabbiy.
Joriy mavsumda “Napoli” 22 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda, “Komо” esa 17 ochko bilan oltinchi o‘rinni egallab turibdi.
Kontegran natijadan qoniqish bildirildi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar