
Madridning "Real" jamoasi yarim himoyachisi Federiko Valverde "Valensiya" ustidan qozonilgan 4:0 hisobidagi yirik gʻalabadan soʻng oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi. Uchrashuvda Kilian Mbappe (dubl), Jud Bellingem va Alvaro Karerras gol urishdi.
Valverde oʻyindan keyin bergan intervyusida shunday dedi: "Biz yaxshi boshladik, lekin 3:0 hisobida biroz sustlashdik, bu tabiiy holat. Biz xatolarni kamaytirishga va oʻzimizni yanada takomillashtirishga intilishimiz kerak.
Toʻpni yoʻqotganimizda, uni darhol qaytarishga harakat qilamiz, bu esa bizga koʻproq imkoniyatlar yaratishga yordam beradi. Bu yoʻnalishda rivojlanishda davom etishimiz zarur.
Jamoa yanada kuchli boʻlish uchun katta saʼy-harakat qilmoqda". Mazkur natijadan soʻng "Real" jamoasi "Barselona"ni sakkiz ochkoga ortda qoldirdi.
Shu bilan birga, kataloniyaliklarda bir oʻyin zaxirada qolgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar