date

Salah: "Biz muhim gʻalabaga erishdik"

Salah: "Biz muhim gʻalabaga erishdik"
"Liverpul" Angliya Premer-ligasidagi uzoq kutilgan gʻalabasini qoʻlga kiritdi. Jamoa oʻz maydonida "Aston Villa"ni 2:0 hisobida magʻlub etdi.

Uchrashuvdagi gollarni Muhammad Salah va Rayan Gravenberx mos ravishda 45- va 58-daqiqalarda kiritishdi. "APL va Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyatsizliklar seriyasidan keyin gʻalaba qozonish juda muhim edi.

Oldimizda muhim oʻyinlar bor va men jamoamiz toʻgʻri yoʻlga qaytganidan xursandman. Bu mavsum biz uchun oson emas – jamoamizda koʻplab yangi futbolchilar bor.

Ularning barchasi ajoyib, lekin ularga moslashish uchun vaqt kerak. Bir-birimizga oʻrganib olsak, kelajakda hammasi yaxshi boʻladi", – dedi Muhammad Salah TNT Sportsga bergan intervyusida.

Eslatib oʻtamiz, "Liverpul" Angliya chempionatidagi soʻnggi toʻrt oʻyinida magʻlubiyatga uchragan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Salah: "Biz muhim gʻalabaga erishdik"