
Madridning "Real" klubi hujumchisi Endrik bu mavsumda ilk marta noyabr oyida maydonga tushdi. 19 yoshli futbolchi shanba kuni "Valensiya"ga qarshi La Liga uchrashuvida 79-daqiqada Kilian Mbappeni almashtirdi.
Oʻsha paytda hisob "qirollik klubi" foydasiga 4:0 edi. Braziliyalik futbolchi bu mavsumda ilk bor oʻyinga tushdi, shuningdek, bu uning joriy bosh murabbiy Xabi Alonso qoʻl ostidagi birinchi oʻyini boʻldi.
Endrik bundan avvalgi oʻyinini 18 may kuni oʻtkazgan edi. Oʻsha vaqtda jamoani Karlo Anchelotti boshqargan.
Keyinroq yosh hujumchi jarohat olgan, sentabr oyidan boshlab esa sogʻlom boʻlishiga qaramay zaxirada qolayotgan edi. Yanvar oyida Endrik ijaraga asosida Fransiyaning "Lion" klubiga oʻtishi mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar