
Madridning "Atletiko" jamoasi yarim himoyachisi Koke La Liganing 11-turida "Sevilya" ustidan qo'lga kiritilgan 3:0 hisobidagi g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirdi. "Jamoamiz ajoyib ish qildi.
Yana darvozamizni "quruq" saqladik, bu biz uchun juda muhim. Shu ruhda davom etishimiz kerak", - deydi ispan futbolchisi o'yin yakunida.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuv 1-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan edi. Hozirda "Atletiko" hisobida 22 ochko mavjud bo‘lib, jamoa turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.
La Ligada peshqadamlikni 27 ochkoga ega "Real" jamoasi saqlab turibdi va ular bir o‘yin kam o‘tkazgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar