
Madridning "Atletiko" jamoasi bosh murabbiyi Diego Simeone "Sevilya" ustidan 3:0 hisobida qozonilgan yirik gʻalabadan keyin matbuot bilan suhbatda boʻldi. Ushbu oʻyinda Xulian Alvares, Tiago Almada va Antuan Grizmann gol urishdi.
"Men Rudjerining oʻyinidan, markaziy himoyadagi Gantskoning harakatlaridan va yarim himoyadagi Baenaning oʻyinidan juda mamnunman. Ammo biz bundan ham yuqori natijalar izlayapmiz.
Men bu yerda toʻxtab qolmoqchi emasman, har bir futbolchidan eng yaxshi natijani olishga harakat qilamiz, sababi ular juda isteʼdodli," - dedi Simeone "Into the Calderon" nashriga bergan intervyusida. "Birinchi boʻlimdan keyin gol ura olmaganligimizdan hafsalamiz pir boʻldi.
"Sevilya" kuchli himoyalandi, bizda 2-3 imkoniyat boʻldi, lekin gol kiritishning imkoni boʻlmadi. Bu bizni biroz xafa qildi, lekin bosimni davom ettirishimiz kerak edi.
Penalti raqib himoyasini yorib oʻtishda yordam berdi, oʻzgarishlarimiz esa koʻproq boʻsh joy va imkoniyatlar yaratdi, natijada kuchli ikkinchi boʻlim oʻtkazdik," - deya qoʻshimcha qildi murabbiy. Hozirda "Atletiko" 22 ochko bilan turnir jadvalida toʻrtinchi oʻrinni egallab turibdi.
"Sevilya" esa 13 ochko bilan oʻn birinchi oʻringa joylashgan.
Simeone: Penalti oʻyinni ochishda yordam berdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing