date

Arne Slot: "Real" bilan o'yin o'zgacha bo'ladi

Arne Slot: "Real" bilan o'yin o'zgacha bo'ladi
“Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slot Yevropa Chempionlar Ligasi doirasida bo'lib o'tadigan Madridning “Real” jamoasiga qarshi o'yin haqida o'z fikrlarini bildirdi. Shanba kuni mersisaydliklar Angliya Premer-ligasidagi bir necha muvaffaqiyatsizliklardan keyin “Aston Villa”ni 2:0 hisobida mag'lub etib, g'alabaga erishdi.

Jamoa esa seshanba kuni o'z maydonida “Real”ni qabul qiladi. “Chempionlar Ligasi o'yinlari har doim alohida ahamiyatga ega.

Lekin “Real” bilan bo'ladigan o'yinlar bundan-da mashaqqatliroq va o'zgacha. Bizni juda jiddiy sinov kutmoqda, ammo buning uchun sabrsizlik bilan kutyapmiz”, – dedi Slot “Aston Villa” ustidan qozonilgan g'alabadan keyingi intervyusida.

“Liverpul” va “Real” uchrashuvi Moskva vaqti bilan soat 23:00 da boshlanadi. “Qizillar” uchta turdan keyin 6 ochko jamg‘argan bo‘lsa, “Real” barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozonib, 9 ochko to‘plagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Arne Slot: "Real" bilan o'yin o'zgacha bo'ladi