
Madridning "Real" klubi sobiq futbolchisi Predrag Miyatovich "qirollik klubi"ning markaziy hujumchisi Kilian Mbappening joriy mavsumdagi o‘yinini yuqori baholadi. "Bu haqiqiy mo‘jiza.
Mavsum boshida u biroz qiyinchiliklarga duch kelgan edi, ammo keyinchalik o‘z ritmini topdi. Afsuski, u 2025-yilda jamoaviy sovrin yutolmadi, lekin bu mavsum boshqacha bo‘ladi", - dedi Miyatovich Cadena SER nashriga bergan intervyusida.
Shuningdek, mutaxassis fransiyalik futbolchining markaziy yarim himoyachi Arda Gyuler bilan yaxshi hamkorlik qilayotganini ta’kidladi. Joriy mavsumda Mbappe Xabi Alonso boshqaruvidagi jamoa safida 14 o‘yinda 18 gol urib, 2 golli uzatma amalga oshirdi.
"Real" hozirda La Ligada 30 ochko bilan birinchi o‘rinda bormoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar