date

Gasperini: "Roma" bu o'yin bilan g'alaba qozonadi


"Roma" bosh murabbiyi Jan Pyero Gasperini "Milan"ga qarshi o'yinda jamoasining harakati haqida fikr bildirdi. Yakshanba kuni A Seriyaning o'ninchi turida bo'lib o'tgan uchrashuvda rimliklar "San-Siro" stadionida minimal hisobda mag'lub bo'lishdi.

O'yinning yagona goli 39-daqiqada Straxinya Pavlovich tomonidan kiritildi. Uchrashuv so'ngida mehmonlar hisobni tenglashtirish imkoniga ega bo'lishdi, ammo Paulo Dibala penaltini golga aylantira olmadi.

"Natijadan hafaman, lekin ishonchim komil, agar "Roma" shu kabi o'yin ko'rsatsa, kelajakda ko'plab o'yinlarda gʻalaba qozonadi. Biz birinchi bo'limni kuchli oʻtkazdik, kuchli raqibga qarshi xarakter va matonat namoyish etdik.

Afsuski, beshta penaltidan to'rttasini golga aylantira olmadik, bu esa A Seriya va Evropa turnirlarida ko'p ochkolar yoʻqotishimizga sabab bo'ldi", – dedi Gasperini jurnalist Nikolo Skiraga bergan intervyusida. Ayni paytda "Roma", "Milan" va "Inter" 21 ochkoga ega, "Napoli" esa ulardan bir ochko ko'proq bilan peshqadamlik qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Gasperini: "Roma" bu o'yin bilan g'alaba qozonadi