Herbert Xayner yana "Bavariya" prezidenti etib saylandi

Herbert Xayner yana "Bavariya" prezidenti etib saylandi

Herbert Xayner yana "Bavariya" prezidenti etib saylandi
Germaniyaning "Bavariya" futbol klubi prezidenti Herbert Xayner klub a'zolarining yillik umumiy yig'ilishida qayta saylandi. Bu haqda jamoaning rasmiy sayti xabar berdi.

Yig'ilishda qatnashganlarning aksariyati (95,63 foiz) Xaynerning yana bir muddat prezidentlik vazifasini davom ettirishiga ovoz berdi. Xayner 2019-yilda "Bavariya"ning hozirgi faxriy prezidenti Uli Xyonessni almashtirgan edi.

"Bu lavozim meni katta mas'uliyat bilan toʻldiradi va bunday noyob klubning prezidenti bo'lib qolish men uchun katta sharafdir", dedi Xayner qayta saylanishidan so'ng. Xayner rahbarligida "Bavariya" jamoasi 6 marta Bundesligada, 2 marta Germaniya kubogida, 4 marta Germaniya Superkubogida g'olib chiqdi.

Shuningdek, 2020-yil tarixiy mavsumda Chempionlar Ligasi, UEFA Superkubogi va Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida chempionlikni qo'lga kiritdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar