
“Liverpul” markaziy himoyachisi Virjil van Deyk yaqinda Ueyn Runi tomonidan bildirilgan tanqidga o‘z munosabatini bildirdi. O‘tgan oyning oxirida “Manchester Yunayted” va Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Ueyn Runi “Liverpul” jamoasining qiyin damlarida Van Deyk va Muhammad Saloh yetakchilik qobiliyatining yetarli emasligini ta’kidlagan edi.
Van Deyk bu borada shunday dedi: “Men o‘tgan mavsumda Runining fikrlarini eshitmaganman. Rostini aytsam, uning gaplari meni bezovta qilmaydi.
Albatta, Ueyn – ko‘plab futbolchilarga ilhom bergan afsonaviy o‘yinchi, lekin uning bu tanqidi, nazarimda, shunchaki beparvo tanqiddir. O‘tgan mavsumda ishlarimiz yaxshi ketayotganida, Runi haqida hech narsa eshitmagandim.” Eslatib o‘tamiz, yaqinda “Liverpul” APLdagi mag‘lubiyatlar seriyasiga chek qo‘yib, “Aston Villa”ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.