
Manchester Yunayted Madridning Real klubi hujumchisi Endrikni ijaraga olishga qiziqish bildirgan edi. "Qizil iblislar" 19 yoshli futbolchini sotib olish huquqi bilan ijaraga olishni taklif qilishdi, biroq bu taklif Real rahbariyati tomonidan rad etildi, deb xabar bermoqda ESPN. 
Shu sababli yosh braziliyalik futbolchi Aston Villa klubiga ham qoʻyib yuborilmadi. Maʼlumotlarga koʻra, yanvar oyida Endrik Lion klubiga sotib olish huquqisiz ijaraga oʻtishi kutilmoqda. 
Sobiq Palmeiras o‘yinchisi hozirgi mavsumda Real safida faqat bir marta maydonga tushdi. Bu oʻyin Valensiyaga qarshi boʻlib oʻtgan. 
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing