date

Jonatan Devid uchun yana bir klub da'vogarlik qilmoqda

Jonatan Devid uchun yana bir klub da'vogarlik qilmoqda
Kanadalik futbolchi Jonatan Devid qishki transfer oynasida "Yuventus"ni tark etishi mumkin. Bu haqda Football Italia xabar berdi.

Avvalroq 25 yoshli hujumchiga "Bavariya" va "Tottenhem" qiziqish bildirgani ma'lum qilingan edi. Endi esa "Chelsi" ham futbolchiga qiziqish bildirmoqda.

Agar Devid yaqin oylarda ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lmasa, u ushbu variantlarni ko'rib chiqishi mumkin. Jamoaning yangi bosh murabbiyi Luchano Spaletti Devidni "Kremoneze"ga qarshi o'yinda zaxiradan maydonga tushirdi va uni Lissabonning "Sporting" klubiga qarshi o'yinda ham ehtimol zaxirada qoldiradi.

Devid o‘tgan yozda "Yuventus"ga erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan edi, ammo ushbu mavsumda barcha musobaqalarda jami 12 o‘yinda qatnashib, faqat bir marta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jonatan Devid uchun yana bir klub da'vogarlik qilmoqda