date

Milan afsonasi Donadoni murabbiylikka qaytdi

Milan afsonasi Donadoni murabbiylikka qaytdi
Milan klubi sobiq futbolchisi va murabbiyi Roberto Donadoni besh yillik tanaffusdan soʻng yana murabbiylik faoliyatini tikladi. Endilikda u Italiya B Seriyasida ishtirok etayotgan "Spetsiya" klubini boshqaradi.

62 yoshli mutaxassis bir yillik qisqa muddatli shartnoma imzoladi. Avvalroq Donadonining murabbiylik faoliyati "Livorno", "Jenoa", "Napoli", Xitoyning "Shenchjen" kabi klublarida davom etgan.

Shuningdek, u 2006-2008 yillarda Italiya milliy terma jamoasini boshqargan va 2008 yilgi Yevropa chempionatida chorak finalgacha yetib borgan. "Spetsiya" hozirda Italiya ikkinchi divizionining eng autsayder jamoalaridan biri hisoblanadi.

Jamoa hozirgacha atigi ettita ochko toʻplab, turnir jadvalida 19-oʻrinni egallab turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Milan afsonasi Donadoni murabbiylikka qaytdi