
Angliyaning "Liverpul" klubi "Kristal Pelas" yarim himoyachisi Adam Uorton transferi boʻyicha "Real" bilan raqobatdan qochmoqchi. Defensa Central xabariga koʻra, mersisaydliklar Uortonni tezroq oʻz safiga qoʻshib olish uchun istalgan shartlarga tayyor.
Ushbu futbolchiga "Chelsi", "Manchester Siti", "Arsenal" va "Manchester Yunayted" ham qiziqish bildirmoqda. 21 yoshli Uorton joriy mavsumda barcha musobaqalarda 13 ta oʻyinda maydonga tushib, bitta golli uzatma amalga oshirgan.
Transfermarkt maʼlumotlariga koʻra, yarim himoyachining narxi 60 million yevroga baholanmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing