Levandovski: Reshford hali ham kuchayishi mumkin

Levandovski: Reshford hali ham kuchayishi mumkin

Levandovski: Reshford hali ham kuchayishi mumkin
“Barselona” hujumchisi Robert Levandovski “Manchester Yunayted”dan ijara asosida o‘ynayotgan Markus Reshfordning o‘yini haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. “Markusda ulkan salohiyat bor.

Men buni birinchi kundanoq sezdim. Biz suhbatlashdik va uning jamoaga qanday yordam bera olishini bilaman.

Hozirda u yaxshi o‘ynamoqda, gollar urmoqda va golli paslar bermoqda – bu eng muhimidir. Men ishonamanki, u yanada kuchliroq bo‘lishi mumkin”, dedi Levandovski matbuot anjumanida.

Reshford kataloniyaliklar safida 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar