
Londonning "Arsenal" futbol klubi darvozaboni David Rayya rasmiy o'yinlarda 50-marta darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Chempionlar Ligasi doirasida Praganing "Slaviya" jamoasiga qarshi kechgan va 3:0 hisobida yakunlangan uchrashuv Rayya uchun ushbu ajoyib natijani qayd etgan o'yin bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, Rayya joriy mavsumda barcha musobaqalarda atigi uchta gol o'tkazib yuborgan. Shulardan faqat bittasi o'yindan – "Manchester Siti" hujumchisi Erling Holand tomonidan kiritilgan.
Qolgan ikkita gol esa "Liverpul" va "Nyukasl" jamoalariga qarshi safar o'yinlarida standart vaziyatlardan urilgan. "Arsenal" oxirgi marta 28-sentabr kuni gol o'tkazib yuborgan edi.
O'shanda APLning oltinchi turida "Nyukasl"ga qarshi o'yinda (2:1) raqib safidan Nik Vultemade gol urgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar