
Mashhur portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu yaqinda bergan suhbatida o‘zining “Arsenal” klubiga amalga oshmagan transferi haqidagi qiziq hikoyani yana bir bor eslab o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu voqea uning butun faoliyati yo‘nalishini o‘zgartirgan muhim burilishlardan biri bo‘lgan.
Jurnalist Pirs Morgan bilan suhbatda Ronaldu yoshlik yillarida Angliyaning ikki yirik klubi — “Arsenal” va “Manchester Yunayted” orasidagi tanlov arafasida bo‘lganini ochiq ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, hamma narsa deyarli hal bo‘lib bo‘lgan, hatto “Arsenal” bosh murabbiyi Arsen Venger bilan shaxsan uchrashgan.
— Ha, bu haqiqatan ham shunday bo‘lgan, — deydi Ronaldu. — “Arsenal” bilan hammasi kelishilgan edi, men London klubiga juda yaqin edim. Ammo hayotda ba’zan bir daqiqa ichida hammasi o‘zgaradi. “Sporting” jamoasi o‘sha paytda “Manchester Yunayted” bilan o‘rtoqlik uchrashuvida to‘qnashdi va men o‘sha o‘yinda o‘zimni ko‘rsatdim.
Fergyuson o‘sha bahsdan so‘ng Jon O’SHiga aytibdi: “Bu bolani har narsa bo‘lsa ham olamiz, u bizniki bo‘lishi kerak”. Shu orqali mening taqdirim o‘zgardi.
Futbol yulduzining so‘zlariga ko‘ra, bu qaror unda “Arsenal”ga nisbatan hech qanday adovat uyg‘otmagan, aksincha, bu klubga hurmatini saqlab qolgan.
— Men “Arsenal”ni raqib sifatida ko‘rmayman, — dedi Ronaldu. — Ular g‘alaba qozonganda men bundan faqat xursand bo‘laman. Chunki bir vaqtlar ularning safida bo‘lishim mumkin edi. Bu hikoya hayotning qayd etib bo‘lmaydigan yo‘nalishlaridan biri, — deya qo‘shimcha qildi u.
Shu tariqa, Ronalduning yoshlikdagi tanlovi uni “Old Trafford”ga olib keldi va u yerda u haqiqiy yulduzga aylandi. U “Manchester Yunayted”da jahon darajasida tanildi, “Real Madrid”da afsonaga aylandi va hozir ham 39 yoshida “Al Nassr” safida o‘ynab, millionlab muxlislarni ilhomlantirishda davom etmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!