
Rossiyalik murabbiy Sergey Kiryakov Qarabogʻ jamoasining joriy Chempionlar Ligasi mavsumidagi imkoniyatlariga toʻxtalib oʻtdi. "Dastlab Qarabogʻ Chempionlar Ligasida autsayder boʻladi, deb oʻylangandi.
Ammo Ozarbayjon chempionati umuman olganda kuchli ekanligi koʻrinib turibdi. Ularning chempioni Yevropaning eng kuchli klublari fonida oʻzini yoʻqotmayapti.
Menimcha, ular pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatiga ega", — deydi mutaxassis "Chempionat" nashriga bergan intervyusida. Hozirda Ozarbayjon jamoasi Chempionlar Ligasi jadvalida 15-oʻrinda, 6 ochko bilan joylashgan.
Ozarbayjon chempionatida esa Qarabogʻ 20 ochko bilan 2-oʻrinni egallab turibdi. Bugun, 5-noyabr kuni, Gurban Gurbanov shogirdlari Chempionlar Ligasi guruh bosqichining toʻrtinchi turida "Chelsi"ga qarshi maydonga tushadi.
Kiryakov: Qarabogʻ Yevropa grandlaridan choʻchimaydi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar